Madrid yana Pegasus josuslik dasturidan foydalanishni tekshirmoqda

Olam

image

Ispaniya Oliy sudi Isroilning NSO Group kompaniyasining Pegasus josuslik dasturidan foydalangan holda Bosh vazir Pedro Sanches va boshqa ispan siyosatchilarining telefonlari buzib kirilgani iddaosi bo‘yicha tergovni qayta boshladi. Bu haqda DW xabar berdi.

Oliy sud bayonotida aytilishicha, sudya Xose Luis Kalama Fransiya adliya organlaridan yangi ma’lumotlarni olganidan keyin tergovni qayta boshlashga qaror qilgan.

Ispaniyada Bosh vazir Sanchesdan tashqari, uch nafar vazir – Mudofaa vaziri Margarita Robles, Ichki ishlar vaziri Fernando Grande Marlassa va Qishloq xo‘jaligi vaziri Luis Planas buzib kirilgani iddao qilinadi.

Tergov 2022 yilda Madrid hukumati Isroilning NSO Group dasturiy ta’minoti vazirlar ustidan josuslik qilish uchun ishlatilganini aytganida boshlangan edi. Bu Ispaniyada siyosiy inqirozni keltirib chiqardi. 2023 yilda tergov Isroil tomonidan huquqiy hamkorlikning umuman yo‘qligi tufayli to‘xtatildi.

Isroil razvedka xizmatlari xodimlari tomonidan asos solingan NSO Group tomonidan ishlab chiqilgan Pegasus josuslik dasturi xakerga smartfonning ovozi, kamerasi va xotirasiga kirish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, NSO Pegasus'ni faqat davlat mijozlariga sotadi va birinchi navbatda undan razvedka idoralari foydalanadi. 2021 yilda kompaniya Rossiya dasturni sotib olmoqchi ekanini aytdi, ammo rad etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Pegasus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing