Madrid Beyl bo‘yicha yakuniy qarorini qabul qildi
Sport
−
27 mart 2019 7271 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres va jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa futbolchisi Garet Beylni sotib yuborishga qaror qilishdi. Futbolchining xohishidan qat’iy nazar qaror o‘zgarmaydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Qirollik klubi” Beylning transferidan katta mablag‘ ishlab, bu pullarni boshqa futbolchilarni xarid qilishga sarflamoqchi. Biroq, hozircha Beyl va uning agenti bu haqida hech qanday ma’lumot berishmadi.
29 yoshli Beyl 2013 yilning yozida 101 mln. yevro evaziga "Tottenxem"dan “Real”ga o‘tgan edi. Joriy mavsum u LaLiganing 22ta uchrashuvida maydonga tushib, 7ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025