Madiyor Saidrahimov ishonchli g‘alabaga erishdi

Sport

image

Bugun, 27 oktyabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining beshinchi kungi bahslari davom etmoqda.

92 kg vazn toifasida Madiyor Saidraximov o‘z ishtirokini boshladi. U bolgariyalik Vladislav Smiaglikovga qarshi ringga ko‘tarildi va ishonchli tarzda g‘alaba qozondi. Keyingi bosqichda Saidrahimov qozog‘istonlik Aybek Oralbayga qarshi bahs olib boradi.  

Eslatib o‘tamiz, musobaqada 54 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Olimpiada va Jahon chempioni Shahobiddin Zoirov mezbonlar vakili Tamir Galanovga qarshi ringga ko‘tarildi va g‘alabaga erishdi. Zoirov keyingi bosqichda yaponiyalik Tomoya Suboiga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati joriy yilning 6 noyabriga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

AIBA Jahon chempionati Boks Madiyor Saidrahimov

Baholaganlar

22

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing