Madaniyat vazirligida 800 million so‘m talon-taroj qilindi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mansabdorlari musiqa asboblarini bozordan deyarli 800 million so‘m qimmatroqqa sotib olgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan davlat xaridlarida narxlarni oshirib yuborish holatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, musiqa asboblarini sotib olish yuzasidan o‘tkazilgan tender tanlovida 3,3 mlrd so‘mga yetkazib berish taklifi mavjud bo‘lsa-da, muqobil qimmatroq variantni ko‘rsatgan tadbirkorlik sub’ektini asossiz ravishda tanlovda g‘olib sifatida ko‘rsatgan.

Natijada musiqa asboblarini haqiqiy bozor bahosidan 792,2 mln so‘mga qimmat narxda sotib olib, byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan. 

Mazkur holat yuzasidan kompaniya mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

246

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing