Madaniyat vazirligi huzurida yangi direksiya tuziladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali Bosh direksiyasi negizida Xalqaro festivallar direksiyasini tashkil etiladi. 

Direksiya faoliyatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

o‘zbek san’atining barcha yo‘nalishlarida respublika miqyosidagi xalqaro va respublika festivallar, ko‘rik-tanlovlar hamda uning doirasida  ko‘rgazmalar, konferensiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlarni va boshqa barcha davlat tadbirlarini o‘tkazish;

xalqaro musiqa festivali tashkilotlari bilan ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

o‘zbek milliy san’atini O‘zbekistonda va xorijda keng targ‘ib qilish va uning eng noyob namunalarini saqlab qolish, ularni kelajak yosh avlodga yetkazish hamda uni yanada ommalashtirish ishlarini olib borish;

o‘zbek milliy san’atini, xalqaro va respublika festivallarni, ko‘rik-tanlovlarni ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan internet tarmog‘ida keng yoritilishini tashkil etish.

Qayd etilishicha:

Direksiya “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali Bosh direksiyasining barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Direksiya xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda respublikaning byudjet muassasalari va tashkilotlarida ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1995 yil 16 avgustdagi PF-1213-son Farmoniga muvofiq byudjet muassasalari va tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi miqdorida moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi tatbiq etiladi;

Direksiyani saqlashga doir xarajatlarni moliyalashtirish, uning o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi, saqlash xarajatlari uchun ushbu manbalar mablag‘larining yetishmagan qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan Madaniyat vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar hisobiga qoplanadi


Maqola muallifi

Teglar

Madaniyat vazirligi xalqaro festivallar

Baholaganlar

5

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing