Madaniyat vazirligi uchun 1,1 trln so‘m ajratilyapti
Madaniyat-san’at
−
07 noyabr 2023
6536Madaniyat vazirligi uchun kelgusi yilda davlat byudjetidan 1 trln 100 mlrd 445 mln 300 ming so‘m pul mablag‘i ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan “2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining qonun loyihasida ma’lum qilingan.
Unga ko‘ra, ajratilgan mablag‘ning katta qismi, aniqrog‘i 820 mlrd so‘mdan ko‘prog‘i milliy kino va seriallar suratga olish, xalqaro kinofestival o‘tkazish, musiqa maktablarini cholg‘u asboblari bilan ta’minlash hamda O‘zbekistonda suratga olinadigan xorijiy filmlar uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Samarqand viloyatida ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 10 mlrd so‘m hamda ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlashdagi kapital qo‘yilmalar uchun 280 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, ushbu Qonun 2024 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madaniyat vazirligi dastlab 10 ta madaniyat va san’at sohasi vakillari haqida ma’lumot joylanishi rejalashtirilayotgan yangi portal uchun qariyb yarim mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi