Madaniyat vazirligi “Kampirtepa” yodgorligi buzilishi bo‘yicha BPga murojaat qiladi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatidagi miloddan avvalgi. IV asr oxiri mil. II asrlarga oid “Kampirtepa” (Oks Aleksandriyasi) arxeologik yodgorligining qadimgi devori buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarqalgandi.

Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti mazkur xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

Manbalarda aytilishicha, joriy yilning noyabr oyida kuchli yomg‘irlar yog‘ishi natijasida Kampirtepa yodgorligining janubiy-g‘arbiy devorning o‘rta qismi konservatsiya qilinmaganligi sababli qulab tushgan.

Ammo, akademik E.V.Rtveladze tomonidan ta’kidlashicha, qal’adagi ko‘chani bunday buzilishi o‘tgan yili bo‘lgan va bu yil devor buzilishida ham takrorlangan, bu ataylab qilingan. Shu yilning noyabr oyida E.V.Rtveladze yodgorlikka tashrif buyurganida, hech narsa buzilmagan bo‘lgan.

Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti xodimlari o‘rtasida akademik E.V.Rtveladze bilan suhbatdan so‘ng quyidagilarga qaror qilindi:

1. Kampirtepa yodgorligi devorning buzilishi yuzasidan Madaniy meros departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida murojaat qilish.

2. E.V.Rtveladzening tavsiyasiga ko‘ra, restavratsiya ishlarini bahorda boshlash uchun devorning buzilgan qismini mustahkamlovchi vositalar yordamida qalin plyonka bilan yopish tavsiya etilgan.

3. Kampirtepa yodgorligidagi ushbu devorni tiklash akademik E.V.Rtveladze boshchiligida respublika byudjetidan 2021 yilda ta’mirlanadigan moddiy meros ob’ektlari dasturiga kiritish.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, tarix fanlari doktori E.V.Rtveladze yodgorlikda 40 yil davomida ilmiy tadqiqot va qazilma ishlarini olib bormoqda. Ushbu qal’a Markaziy Osiyoda antik davrning eng qadimiy yodgorliklaridan biridir.

Ma’lum bo‘lishicha, 1990-2000 yillarda E.V.Rtveladze yodgorlikning sharqiy qismida restavratsiya ishlarini olib borgan va yodgorlikning kirish qismida ramziy devor qurilgan. Restavratsiya va rekonstruksiya ishlari, jumladan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirilgan. 2018 yilda respublika byudjetidan yodgorlikning g‘arbiy devorida ta’mir-tiklash ishlari olib borilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Madaniyat vazirligi Kampirtepa yodgorligi

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing