Madagaskardagi stadionda yuz bergan tiqilinchda 12 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Madagaskar poytaxti Antananarivu shahridagi stadionda yuz bergan tiqilinch oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 80 ga yaqin kishi jarohat oldi. Bu haqda “Agence France-Presse” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, XI Hind okeani o‘yinlarining ochilish marosimiga tomoshabinlar kelgan va stadionga kiraverishda bir necha yuz kishilik olomon to‘plangan. O‘yinni tomosha qilish uchun jami 50 ming kishi borgan.

Yuz bergan tiqilinch oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, 80 ga yaqin kishi jarohat olgan. Jarohatlanganlarning 11 nafarining ahvoli og‘ir.

Voqea joyida favqulodda xizmatlar va politsiya xodimlari ish olib bormoqda. Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan. 

Ayanchli oqibatlarga olib kelgan tiqilinch sabablari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Madagaskar stadion tiqilinch

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made