Ma’yus bashoratlar amalga oshmadi – Putin

Olam

image

Har qanday yo‘l bilan uni saqlab qolishga urinishlarga qaramay, bir qutbli dunyo tartibi davri tugadi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 17 iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi. 

Rossiya rahbarining fikricha, jahon iqtisodiyoti va xalqaro siyosatdagi hozirgi o‘zgarishlar “tektonik”dir. 

Putinning so‘zlariga ko‘ra, “oltin milliard” davlatlari boshqa hammani o‘zlarining “mustamlakalari” deb biladi.  

“G‘arbning hukmron elitasi illyuziyalar ostida va o‘zgarishlarni sezishni istamaydi. “Oltin milliard” mamlakatlari hali ham boshqalarni ikkinchi darajali mustamlaka deb bilishadi”, deydi Putin. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni bosqichma-bosqich normallashtirmoqda. 

Prezidentning ta’kidlashicha, G‘arb “Rossiya iqtisodini tor-mor etishga” urinib ko‘rdi, mamlakat sanoati va moliyasiga zarba berdi, ammo bunga erisha olmadi.  

“Ochig‘i, bu ish bermadi, bo‘lmadi. Fuqarolar hamjihatlik va mas’uliyatni namoyon etdi. Biz iqtisodiy vaziyatni bosqichma-bosqich normallashtirmoqdamiz. Rossiya iqtisodiyoti istiqbollari haqidagi ma’yus bashoratlar amalga oshmadi”, deydi u. 

U, shuningdek, sanksiyalar bosimini “ikki tomonlama qurol” deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

1588

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing