Ma’naviyat va ijod sohasida yangi jamg‘arma tashkil etiladi. Unga 120 mlrd ajratilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:

“Ijod” jamoat fondi tasarrufidagi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi, “Do‘rmon” ijod uyidan foydalanish direksiyasi” unitar korxonasi va “Oqqum fayz baraka” sho‘’ba korxonasi hamda ularga tegishli bo‘lgan barcha mol-mulk, bino va inshootlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga o‘tkazildi;

“Ijod” jamoat fondi negizida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzurida yuridik shaxs maqomisiz Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi (Jamg‘arma) tashkil etildi.

Jamg‘armaga joriy yilda 120 milliard so‘m, jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga 10 milliard so‘m, uning hududiy bo‘limlariga 90 milliard so‘m, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 20 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

40

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing