Mahrez terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

Sport

image

Jazoir milliy terma jamoasi yarim himoyachisi va sardori Riyod Mahrez 2026 yilgi Jahon chempionatidan chiqib ketilganidan so‘ng milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Bu haqda futbolchining so‘zlariga tayanib, “beIN SPORTS” nashri xabar berdi.

Bugun, 3 iyul kuni Jahon chempionati 1/16 final bosqichida Jazoir Shveysariyaga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi. 35 yoshli Mahrez uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 71 daqiqa maydonda harakat qildi.

“Men milliy terma jamoadagi so‘nggi o‘yinimni o‘tkazdim. Bu biz g‘alaba qozonishimiz mumkin bo‘lgan uchrashuv edi. Ammo xatolarimiz tufayli ikkita gol o‘tkazib yubordik”, deydi futbolchi.

Mahrez 2014 yildan buyon Jazoir milliy terma jamoasi sharafini himoya qilib kelgan. Shu vaqt mobaynida u 119 ta uchrashuvda maydonga tushib, 40 ta gol urgan va 45 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, u 2019 yilda terma jamoa bilan Afrika Millatlar kubogida g‘olib chiqqan.

Klublar miqyosida Mahrez Angliya Premer-ligasidagi faoliyati bilan tanilgan. U 2015-2016 yilgi mavsumda “Lester Siti” bilan Angliya chempioni bo‘lgan. Ayni vaqtda Mahrez Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubida to‘p surmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing