Mahmud Murodovning Parijdagi jangi qoldirildi

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodovning rossiyalik Abusufyon Magomedovga qarshi jangi bekor qilindi. 3 sentyabr kuni Parij mezbonlik qiladigan UFC kechasida Murodov Magomedov bilan oktagonga chiqishi kerak edi. Lekin, uning raqibi Abusufyon Magomedov o‘sha kuni boshqa bir jangchi Dastin Shtolsfusga qarshi jang qilishi oydinlashdi.

Sportchining o‘zi jangi qoldirilganini tasdiqlab, buning sababini hujjatlar bilan bog‘liq muammo bilan izohladi.

"Ha, afsuski Parijdagi jangim bekor bo‘ldi. Mashg‘ulotda jarohat olganimni yozishibdi. Yo‘q, aslida bunday bo‘lmadi. Hujjatlar bilan bog‘liq muammo sabab jangni bekor qilishga majbur bo‘ldik", dedi Murodov videomurojaatida.

Mahmud Murodov 22 oktyabr kuni Abu-Dabida o‘tkaziladigan UFC 280 musobaqasida ishtirok etishini va raqib kimligi tez orada ma’lum bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Murodov faoliyati davomida 32 ta jang o‘tkazib, 25 marta g‘alaba qozongan va 7 marta mag‘lubiyat alamini tortgan.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

271

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing