Mahmud Murodov Octagon MMA bilan shartnoma tuzdi

Sport

image

O‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Mahmud Murodov Chexiya va Slovakiya davlatlarida janglar tashkil etadigan Octagon MMA ligasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda liga o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

O‘z vaqtida 34 yoshli Murodov aynan mazkur ligada janglar o‘tkazgan. U 2019 yilda Octagon MMA ligasining 2 ta turnirida qatnashib, Alberto Pereyra Uda va Uendell Oliveyra Markes kabi jangchilarni nokautga uchratgan. 

Qayd etish joiz, Mahmud Murodov may oyida UFCʼdagi oxirgi janglarini bekor qilgani bois tashkilotdan chetlatilgandi.

Ma’lumot uchun, Octagon MMA ligasi 2016 yilda tashkil topgan. Hozirda tashkilotning ijtimoiy tarmoqlar va YouTube’da 450 ming dan ortiq obunachilari bor.

Xabibulloh Rayimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Mahmud Murodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made