Mahmud Murodov Nurmuhamedov bilan bir kunda jang o‘tkazadi

Sport

image

O‘zbekistonlik ilk UFC jangchisi Mahmud Murodovning navbatdagi jangi qachon va qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. 

Sportchining aytishicha, Mahmud Murodov joriy yilning 18 aprel kuni AQSHning Nyu-York shtati Bruklin shaharchasida tashkil etiladigan UFC-249 turnirida oktagonga ko‘tariladi. 

Bugun Mahmud bo‘lajak jang shartnomasiga imzo chekkan. Hozircha uning raqibi aniq emas.

Ma’lumot uchun, UFC 249 oqshomining markaziy jangida yengil vazn toifasi chempioni Habib Nurmuhamedov promoushendagi asosiy raqibi Toni Fergyusonga qarshi jang o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodovning 14 mart kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan jangi raqibi Antonio Karlos Junior jarohat olgani uchun qoldirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Mahmud Murodov

Baholaganlar

188

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing