Mahmud Abbos G‘azo sektoriga bormoqchi (video)

Olam

image

Falastin milliy ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos G‘azo sektorida davom etayotgan urush bilan bog‘liq xavf-xatarlarga qaramay, unga tashrif buyurish niyatida. Bu haqda u kecha, 15 avgust kuni Turkiya parlamentining navbatdan tashqari yig‘ilishida so‘z ochdi. 

“Bizda boshqa yechim qolmadi. Shu munosabat bilan men va Falastin ma’muriyatining barcha a’zolari G‘azoga borishga qaror qildik va biz buni amalga oshiramiz. Bizning hayotimiz G‘azo sektoridagi har qanday bolaning hayotidan qimmatli emas”, deydi Abbos.

88 yoshli Falastin ma’muriyati rahbari 45 daqiqalik nutqida Falastin huquqlarini qo‘llab-quvvatlagani va insonparvarlik yordami ko‘rsatgani uchun Turkiya va turk xalqiga minnatdorlik bildirdi va Isroilni G‘azo sektorida “genotsid”da aybladi. U Falastin xalqining o‘z yerlari uchun kurashda sobitqadamligini ta’kidladi.

"Falastinliklar o‘z huquqlarini himoya qilishda davom etadilar va o‘z yerlarini tark etmaydilar", deydi u.

Abbos Anqaraga 14 avgust kuni Moskvaga tashrifining ertasiga yetib keldi. Falastin rahbari 13 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar chog‘ida xalqaro hamjamiyatni Falastin masalasi bo‘yicha tinchlik konferensiyasi o‘tkazishga chaqirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu falastinliklarda xalqaro hamjamiyat “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyilini amalga oshirish imkoniyatiga jiddiy yondashishiga umid uyg‘otishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Falastin Mahmud Abbos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing