Mahkumning koloniyada o‘lgani ortidan jinoiy ish ochiladimi? BP bayonot berdi

Jamiyat

image
Tezkor: Navoiydagi koloniyadan erkak kishining o‘ligi chiqqani aytilmoqda. IIV munosabat bildirdi north_east

Tezkor: Navoiydagi koloniyadan erkak kishining o‘ligi chiqqani aytilmoqda. IIV munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining 64/18-sonli muassasasi (Sangorod)da qiynoqqa solingan mahkum F.Xidirov vafot etganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Holat bo‘yicha O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi va mahkumning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi ochilmasligini ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, mahkum Xidirov Farrux Anvarovich joriy yilning 3 iyun kuni Navoiy viloyatida joylashgan 11-son jazoni ijro etish koloniyasidan davolanish uchun O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining Mahkumlar uchun ixtisoslashtirilgan shifoxonasiga keltirilib, sil kasalliklar bo‘linmasiga davolanish uchun joylashtirilgan.

Joriy yilning 18 iyun kuni soat 05:45 da shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay u vafot etgan.

Mahkum F.Xidirov 1975 yil 27 noyabrda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida tug‘ilgan. Muqaddam to‘rt marotaba sudlangan.

So‘nggi, ya’ni 5-marotaba 2010 yil 18 oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qator moddalari bilan aybdor deb topilib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan. 

Shifokorlarning bergan tibbiy xulosasiga ko‘ra, marhum mahkum F.Xidirov ikkala o‘pka yallig‘langan sili, surunkali virusli gepatit (S), o‘pka yurak yetishmovchiligi hamda boshqa bir qator inson hayoti uchun o‘ta xavfli bo‘lgan kasalliklarga chalingan bo‘lib, ularning aksariyati uning salomatligiga bir muncha avvalroq jiddiy salbiy ta’sir o‘tkazib yuborgan.

Xususan, uning shifoxonada vafotiga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan inson hayoti uchun o‘ta xavfli kasalliklarning surunkali kuchayishi oqibatida yuzaga kelgan asoratlar sabab bo‘lgan.

Mahkum F.Xidirovning o‘limi holati yuzasidan Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, uning vafot etganligi holatida biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli 26 iyun kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Avvalroq, QALAMPIR.UZ Navoiydagi koloniyada mahkumning vafot etgani bo‘yicha IIVdan izoh olgandi. Vazirlik videotasvirda ko‘rinayotgan qizarishlar bu murda dog‘i bo‘lib, tan-jarohatlariga aloqasi yo‘qligini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

koloniya mahkum

Baholaganlar

860

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing