Mahkumlarga masofali video-uchrashuvdan foydalanish huquqi berildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda mahkumlarga masofali video-uchrashuvdan foydalanish huquqi berildi. Bu haqda bugun, 15 yanvar kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar uchun masofali video-uchrashuvlar o‘tkazish imkoniyatini Yaratishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunida so‘z boradi.

Qonun bilan Jinoyat-ijroiya kodeksiga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlarning masofali video-uchrashuvdan foydalanish huquqini belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, mahkumning o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan, 15 daqiqa davom etadigan 1 marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashish huquqiga egaligi belgilandi. 

Ilgari mahkumning faqatgina 15 daqiqa davom etadigan 1 marta telefon orqali so‘zlashish huquqiga egaligi belgilangan edi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

mahkumlar video-uchrashuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing