Mahalla tizimi xodimlari kuni belgilandi

Jamiyat

image

2020 yil 27 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Senat Axborot xizmati xabar bermoqda.

Unda Qo‘mita a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari, ekspertlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, majlisda Senatning ikkinchi yalpi majlisi doirasida ko‘rib chiqish nazarda tutilgan masalalar muhokama etildi. Xususan, Qo‘mita a’zolari “Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini dastlabki tarzda  ko‘rib chiqdi.

Ta’kidlanishicha, Senatning ikkinchi yalpi majlisi muhokama etilishi nazarda tutilayotgan ushbu Qonunga ko‘ra, 22 mart Mahalla tizimi xodimlari kuni etib belgilanishi ko‘zda tutilgan.

“Qo‘mitaning ko‘rib chiqilgan barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlari qabul qilindi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Senat Mahalla tizimi

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing