Myanmadagi to‘ntarish qancha bolaning boshiga yetgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
11 may 2021
4778Myanma xavfsizlik kuchlarining mamlakatdagi harbiy xuntaga qarshi norozilik namoyishlariga aralashuvi natijasida fevral oyi boshidan beri jami 52 nafar bola va o‘spirin o‘ldirilgan. Bu haqda Myanmadagi Siyosiy mahbuslarga yordam uyushmasi hisobotida aytilgan.
Hisobotga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida harbiylar bir namoyishchini o‘ldirgan, qurbonlarning umumiy soni 781 kishiga yetgan.
Shu bilan birga, xuntaning 3 843 muxolifi hibsda qolmoqda va 1 561 kishini hibsga olishga order berilgan.
Hibsga olinganlar orasida Arakan shtati sobiq siyosiy yetakchisi Ni Puning qizi Mo Xsan Suu Chji ham bor.
Ni Pu oilasining a’zolariga iqtibos keltirgan holda xabar berilishicha, qiz kecha Xledan shahridagi o‘z uyida hibsga olingan.
Myanmadagi to‘ntarish
Myanmada joriy yilning 1 fevral kuni armiya Tashqi ishlar vaziri va davlat maslahatchisi Aun San Su Chji va boshqa yuqori lavozimli amaldorlarni hibsga olib, hokimiyatni egallab olganini e’lon qildi. Hozirda mamlakatda hokimiyat Myanma Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Min Aun Xlaynning qo‘lida.
Harbiylarning ta’kidlashicha, davlat to‘ntarishi 2020 yil 8 noyabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda katta miqdordagi firibgarliklar haqidagi da’volarga javobdir. To‘ntarishdan keyin mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi.
Myanmani bir yil davomida harbiy xunta boshqaradi. Mamlakatdagi harbiy to‘ntarish oqibatida 24 vazir va ularning o‘rinbosarlari o‘z lavozimlaridan mahrum bo‘ldi. Keyinchalik, 1 aprel kuni harbiy xunta bir oylik sulh e’lon qildi.
LiveBarchasi