Myanmada to‘ntarishdan keyin Facebook bloklandi
Jamiyat
−
04 fevral 2021
2257Myanma harbiy Hukumati Internet-provayderlarga mamlakatdagi davlat to‘ntarishidan bir necha kun o‘tgach, norozilik namoyishlari paytida Facebook’ga kirishni vaqtincha to‘sib qo‘yishni buyurdi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Myanma transport va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi mamlakatda barqarorlikni saqlab qolish uchun Facebook va uning xizmatlarini 7 fevralgacha bloklashni buyurgan.
O‘z navbatida Facebook ham ushbu holatga o‘z munosabatini bildirgan.
“Biz rasmiylardan Myanmadagi odamlar o‘z oilalari va do‘stlari bilan muloqot qilishlari hamda muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishlari uchun qayta ulanishni talab qilamiz”, deyiladi Facebook vakili.
Eslatib o‘tamiz, avalroq Myanma Qurolli kuchlari mamlakat rahbarini qo‘lga olgach, bir yil muddatga favqulodda holat e’lon qildi.
LiveBarchasi