Merilin Monroning qabrtoshi ham sotildi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 31 mart kuni Amerikalik qo‘shiqchi, model Merilin Monro va "Playboy" jurnali asoschisi Xyu Xefnerga tegishli ko‘plab buyumlar, jumladan, aktrisa bir paytlar kiygan pushti libosi, shuningdek, Xefnerga tegishli smoking va shippak kimoshdi savdosida sotildi. Bu haqda "Thye Hollywood Reporter" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Los-Anjelesdagi "Pirs Brothers memorial" parki Xyu Xefner va Merilin Monroga tegishli turli xil buyumlarni sotgan. "Julianʼs Auctions" ma’lumotlariga ko‘ra, tarixiy ko‘ylak 325 000 dollarga sotilib, u kimoshdi savdosidagi oldingi rekordlarni yangilagan.

Shu bilan birga, Monro qabrining eskirgan toshi 88 900 dollarga baholangan. Xefnerning rangli smokingi, shippaklari, pijamalari va trubkasi 13 000 dollarga va uning uchun buyurtma qilingan maxsus zaxira dumaloq krovati 13 000 dollarga sotilgan. 

Xefnerning dumaloq krovatini, Monroning cho‘milish kostyumini sotib olgan mijoz ko‘p yillik orzusi ushalganini ta’kidlagan.

"Men umrimning qolgan qismini Merilin Monroning yonida o‘tkazmoqchiman", degan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikalik rassom Endi Uorxol tomonidan 1960 yillarda yaratilgan aktrisa Merilin Monroning portretlari seriyasidan biri Christieʼs auksionida 195 million dollarga sotilgandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Merilin Monro Hollywood

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing