Lyuksemburgning O‘zbekistondagi ilk elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
07 noyabr
1508Tom Rayzen Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini o‘rganish va hayotga tatbiq etish uchun Tashqi ishlar vazirliklari birgalikda sa’y-harakatlarni kuchaytirishi lozim. Ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, savdo ko‘lamini oshirish uchun barcha sharoitlarni yaratish, munosabatlarimizning huquqiy asoslarini takomillashtirish va boshqa masalalar bugungi kun tartibidan o‘rin oldi. Janob elchiga yurtimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deya yozgan vazir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Manfred Huterer Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangandi.
LiveBarchasi