Lutsk va Kiyev viloyati katta dron hujumiga uchradi

Olam

image

Ukrainaning Lutsk shahri bugun, 9 iyulga o‘tar kechasi Rossiyaning dron va raketalardan foydalangan holda eng yirik hujumiga uchradi. Bu haqda ertalab shahar meri Igor Polishuk ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum “oqibatida garajlarga zarar yetkazilgan va korxonalardan birining hududida yong‘in kelib chiqqan”. Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Kechasi Ukraina harbiy-havo kuchlari Lutskka dron va raketalardan foydalangan holda hujum qilish xavfi haqida bir necha bor ogohlantirishlar e’lon qildi va shahar aholisini boshpana olishga chaqirdi.

Lutsk Ukrainaning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, u Volin viloyatining ma’muriy markazidir.

Kiyev viloyat harbiy boshqarmasi ham 9 iyulga o‘tar kechasi Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari tomonidan yirik hujumga uchragani haqida xabar berdi. Uning rahbari Mikola Kalashnikning so‘zlariga ko‘ra, Brovarskiy tumanidagi ushbu hujum oqibatida 1980 yilda tug‘ilgan ayol jarohatlangan, dastlabki tashxis ko‘krak qafasining yopiq sinishidir. U shifoxonaga yotqizilgan.

Xersonda 9 iyul tongida Dneprovskiy tumanining ikki nafar fuqarosi Rossiya dron hujumi oqibatida jarohat oldi – 73 yoshli va 47 yoshli erkak. Shahar harbiy boshqarmasining xabar berishicha, chol mina portlashidan jarohat olgan, yuzi va tanasi shikastlangan, ikkinchi odamning esa boshi va qo‘llari jarohatlangan.

Ukraina Harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, 9 iyulga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaga qarshi jami 741 ta havo hujumi qurolini qo‘llagan: 728 ta shahid tipidagi hujumchi uchuvchisiz samolyotlar va har xil turdagi dron imitatorlari, 7 ta  X-101/ “Iskander-K” qanotli raketalari va 6 ta X-47M2 “Kinjal” aeroballistik raketalari. Ushbu zarba Moskva tomonidan qo‘shni davlatga qarshi boshlangan butun urushdagi eng yirik zarba edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing