Lutfulla To‘rayev “butsasini mixga ildi”

Sport

image

Farg‘onaning “Neftchi” klubi a’zosi Lutfulla To‘rayev futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

To‘rayev faoliyatini nima sababdan yakunlagani hozircha noma’lum.

Faoliyati davomida 35 yoshli futbolchi “Neftchi”dan tashqari “Mash’al”, “Nasaf”,“Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “Felda Yunayted” kabi jamoalarda to‘p tepgan. 

2010-2020 yillar davomida To‘rayev O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 24 ta o‘yinda maydonga tushgan. 2011 yilda Qarshining “Nasaf” klubi safida OFK kubogida g‘olib bo‘lgan. “Bunyodkor” va “Lokomotiv” klublari safida O‘zbekiston kubogining oltin medaliga sazovor bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nasaf Neftchi Lutfulla To'raev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing