Lutfulla Sa’dullayev vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 10 aprel kuni Lutfulla Sa’dullayev 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning qizi Muqaddas Sa’dullayeva Instagram sahifasida ma’lum qildi. 

Lutfulla Sa’dullayev joriy yilning 4 aprel kuni kasallik sabab og‘ir ahvolda shifoxonaning Jonlantirish bo‘limiga yotqizilgandi

Ma’lumot uchun, Lutfulla Sa’dullayev 1940 yil 18 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1965 yil Toshkent teatr va rassomchilik san’at institutini tugatgan. 1963 – 2007 yillarda Yosh tomoshabinlar, Abdulla Qahhor nomidagi Satira teatrlarida aktyor bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. Hozirgi kungacha Abdulla Qahhor nomidagi Satira teatrlarida ijod qilib kelgan.

Faoliyati davomida 200 ga yaqin spektakllarda bir-biridan esda qolarli rollar ijro etgan. Kino va videofilmlar, televizion miniatyuralar dasturida ijro etgan rollari esa 500 dan ortiqdir. 1968 yilda hamkasbi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva bilan turmush qurgan aktyor – bugun 3 farzandning otasi.

Lutfulla Sa’dullayev uzoq yillik ijodiy faoliyatida davomida o‘z hayoti va ijodidan hikoya qiluvchi, ustozlari, marhum hamkasblari haqidagi xotiralari jamlangan “Qismat”, “O‘kinch”, “Meni kechir...” nomli kitoblarini nashrdan chiqargan.

Eslatib o‘tamiz, Lutfulla Sa’dullayevning to‘ng‘ich kuyovi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Ma’sudov 2020 yilning 30 avgust kuni koronavirus sabab vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2541

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing