Lukashenkoning odami Belarus Sharqiy Yevropadagi vaziyatdan bezovta ekanini aytdi

Olam

image

Ukrainadagi mojaro Sharqiy Yevropa mintaqasini beqarorlashtiruvchi asosiy omil bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Belarus Tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga (KXSHT) a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashi va Xavfsizlik kengashlari kotiblari qo‘mitasining Minskda bo‘lib o‘tgan qo‘shma yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.

“Ukrainadagi mojaro Sharqiy Yevropa mintaqasida og‘riqli nuqta va asosiy beqarorlashtiruvchi omil bo‘lib qolmoqda”, deydi u jurnalistlarga. 

Vazirning ta’kidlashicha, ayni paytda KXSHTning janubiy chegaralari terrorizm va ekstremizm, narkotik moddalar savdosi, noqonuniy migratsiya kabi transmilliy xarakterdagi ko‘p va xilma-xil xavf va tahdidlarga duchor bo‘lmoqda. 

“Ushbu eng murakkab geosiyosiy sharoitda Belarusning KXSHTga raisligining sa’y-harakatlari tashkilotga a’zo davlatlarning hamjihatligini oshirishga, mas’uliyat zonamizdagi beqarorlikning oldini olish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni birlashtirishga va xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan edi. Bu Belarus raisligining “tinchlik va xavfsizlik yo‘lida birdamlik va hamkorlik orqali” shiori bo‘lishiga sabab bo‘ldi”, deydi Aleynik. 

KXSHTga 2023 yilda tashkilotga raislik qiladigan Belarusdan tashqari Rossiya, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston a’zo. 


Maqola muallifi

Teglar

KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing