Lukashenko Raisiy bilan uchrashdi
Olam
−
13 mart 2023 4842 2 daqiqa
Bugun, 13 mart kuni Tehronda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko va Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “BelTA” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv joyi sifatida Saadobod saroyi va istirohat bog‘i majmuasidagi Jomxuri qarorgohi tanlangan. Raisiy qarorgohga kirishdan oldin Lukashenko bilan salomlashgan.

“Men Amerika kashf etilishidan ancha oldin savdo yo‘llari o‘tgan, tijorat va madaniy jihatdan eng rivojlangan sivilizatsiyalardan birining beshigi bo‘lgan hozirgi Eron poytaxti Tehronga yana tashrif buyurishdan mamnunman”, degan Lukashenko.
Shuningdek, Lukashenko Eronga tashrifi chog‘ida tuzilgan kelishuvlardan olinadigan foyda 100 million dollarga baholanishini aytgan. U Belarus va Eron tashqi bosimga qarshi turish va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun kuchlarini birlashtirsa, bir-biriga foydali bo‘lishini ta’kidlagan.

“Men har safar xalqingizning tashqi bosimga qat’iyat bilan qarshilik ko‘rsatayotganini katta hurmat bilan kuzataman. Va siz hech narsaga qaramay, zamonaviy texnologiyalar va atom energetikasini rivojlantiryapsiz. Bugun biz Prezident bilan shunday qarorga keldikki, agar biz sa’y-harakatlarimizni chinakam birlashtirsak, bir-birimizga juda katta foyda keltiramiz”, degan Lukashenko o‘z bayonotida.

Ma’lumot uchun, Belarus rahbarining Eronga rasmiy tashrifi kecha, 12 mart kuni boshlangan. Tashrif doirasida Lukashenko Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Homanaiy, ijroiya va qonun chiqaruvchi hokimiyatning ayrim yuqori martabali vakillari bilan ham muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Lukashenko Xitoyga borgan va Rais Si Szinpin bilan ham uchrashgan edi. Lukashenko va Si Szinpin muzokaralari 4 soatga cho‘zilgan edi.
Live
Barchasi