Lukashenko Putinning yoniga qachon kelishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga tashrifi 14 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi.

"Ha, Lukashenkoning tashrifi rostan ham 14 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi, u ishchi tashrif bo‘ladi. Lukashenko Putin bilan suhbat o‘tkazadi", dedi Kreml vakili. Peskovning ta’kidlashicha, hech qanday hujjat imzolash rejalashtirilmagan.

Kreml vakili rahbarlarning muzokaralari qayerda bo‘lishiga aniqlik kiritmadi. U uchrashuvning asosiy natijalari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarini xabardor qilishga va’da berdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Prezidentlar muzokaralar vaqtida Belarusning Rossiya oldidagi davlat qarzini ham muhokama qiladi.

Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Belarusning RF oldidagi qarzi qayta moliyalashtirilishi mumkin.

“Belarus og‘ir kunlarni boshdan kechirayotgan paytda, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar yanada dolzarb va muhim ahamiyat kasb etmoqda”, degan Peskov.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing