Lukashenko Mirziyoyevni referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan qutladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 4 may kuni belaruslik mavqedoshi Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi. Lukashenko O‘zbekiston Prezidentini joriy yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabriklagan. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Prezidentlar qo‘shma kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish va savdo munosabatlarining sur’atini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqqan. O‘zbekiston-Belarus hamkorligi izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi doirasida bir qator ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazilmoqda. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi va qo‘shma korxonalar soni oshmoqda.

Qabul qilingan “yo‘l xaritasi” asosida mashinasozlik, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Ularni jadallashtirish uchun Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish va faol hududlararo almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Belarus' Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing