Lukashenko Mirziyoyevga: “Siz ingichka muz ustida yurib ketyapsiz”

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko kecha, 15 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda u ingichka muz ustida yurib ketayotganini aytdi. Lukashenkoning nutqi “Pul Pervogo” Telegram kanalida e’lon qilindi.

“Siz bu shaharni yoshartirib yubordingiz. Ha, bu shaharning uzoq o‘tmishi bor, bu yerda birinchi marta ancha oldin bo‘lgandim, bu o‘tmish shunchaki odamni bosib qo‘yadi, siz esa bu shaharni yoshartirdingiz”, deydi Lukashenko Samarqandning o‘zgarib ketganiga e’tibor qaratib,

U so‘zida davom etib, Shavkat Mirziyoyev Samarqandda boshqaruvchilikda ulkan tajriba orttirganini ta’kidlab shunday dedi:

“Siz boshqa viloyatda tug‘ilgan bo‘lsangiz ham, bu shahar siz uchun qadrdon ekanini bilaman. Bu yerda sizning eng muhim yillaringiz o‘tgan, yuqori darajadagi boshqaruv bo‘yicha jiddiy tajribaga ega bo‘lgansiz. Bularning barchasi qoyilmaqom tarzda bajarilgan”.

Shundan so‘ng Lukashenko, Mirziyoyevning sha’niga iliq fikr bildirib, u ulkan ishlarni amalga oshirganini aytib o‘tdi.

“Men eski siyosatchi sifatida aytishim kerakki, kelayotganda sizning yigitlaringizga ham aytdim, Shavkat Miromonovich jiddiy o‘sish qayd etdi, ulkan ishlar bajarildi. Men Birinchi Prezidentingiz bilan ham yaxshi munosabatda edim, ammo to‘g‘risini aytaman, siz qilishingiz kerak bo‘lgan ishni qildingiz. Mamlakat sirpanib ketmasligi uchun o‘zingiz ingichka muz ustidan yurib ketyapsiz”, deydi Lukashenko.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Lukashenko Samarqanddagi Shanxay hamkorlik tashkilotining davlat rahbarlari sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1809

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing