Lukashenko Kreml”jarchisi” vazifasini bajaryapti – Hamid Sodiq

Intervyu

image

Belarus Prezidentining dadil gapirishi va “bizdagi bor ma’lumotlarga qaraganda” degan urg‘ulamalari, uning qo‘lidagi tezis Kreml irodasi bilan yozilganidan dalolat beradi. Bu haqda siyosatshunos Hamid Sodiq o‘z sahifasida yozib qoldirdi. 

Ma’lumki, kecha, 10 yanvar kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining videoanjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Belarusni 28 yildan buyon boshqarib kelayotgan va namoyishlarni qurol bilan bostirgan Aleksandr Lukashenko Qozog‘istondagi voqealardan avval O‘zbekiston saboq chiqarishi kerakligi, bu saboqlar olinmasa, o‘zidagi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning (ekstremistlar – tahr.) diqqati O‘zbekistonga qaratilishini aytdi. Ancha keksayib qolgan Belarus rahbarining ushbu gapi O‘zbekistonda nafaqat siyosatshunoslar, balki jamoatchilik, oddiy odamlarning ham g‘ashiga tegdi. 

Siyosatshunos Hamid Sodiqning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston haqiqatan ham o‘zini yalang‘och ko‘rsatayotgan destruktiv “tashqi” kuchlardan juda ehtiyot bo‘lishi va ichki muammolarni sifatli hal qilishga kirishishi lozim.

“Aleksandr Lukashenkoning bu fikrlari uning gapirish intonatsiyasiga qaraganda “tahdid” ko‘rinishida yangradi. Belarus Prezidentining dadil gapirishi va “bizdagi bor ma’lumotlarga qaraganda” degan urg‘ulamalari, uning qo‘lidagi tezis Kreml irodasi bilan yozilganidan dalolat beradi. 

Lukashenko bu yig‘ilishda Kreml”jarchisi” vazifasini bajarayotganiga shubha yo‘q. Ular keyingisi aniq O‘zbekiston bo‘ladi deb “messej” bermoqdalar. Lukashenko bu bilan qaysidir ma’noda o‘z davlatida yuz bergan mitinglar bostirilishini ham legetimlashtirish va “mana men aslida to‘g‘i qilganman” deb, “qalb pokligiga” erishmoqchi deyish mumkin. Lukashenkoning bu fikrlarini inobatga olish kerak: O‘zbekiston haqiqatan ham o‘zini yalang‘och ko‘rsatayotgan destruktiv “tashqi” kuchlardan juda ehtiyot bo‘lishi va ichki muammolarni sifatli hal qilishga kirishishi lozim”, deb yozadi Hamid Sodiq. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Fanlar akademiyasining Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti Postsovet tadqiqotlari markazi katta ilmiy xodimi Stanislav Pritchin Belarus Prezidentining O‘zbekiston haqida bildirgan fikriga shunday javob qilgandi: 

"O‘zbekistondagi vaziyat Qozog‘istondagidan keskin farq qiladi, mamlakat hududida beqarorlik yuzaga kelishi uchun hech qanday asos yo‘q". 


Maqola muallifi

Teglar

Hamid Sodiq

Baholaganlar

402

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing