Lukashenko Xitoyga bordi

Olam

image
0:00
0:00
download

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko kecha, 28 fevral kuni davlat tashrifi bilan Xitoyga bordi. Bu haqda Belarus rahbarining matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, aeroportda Aleksandr Lukashenkoni Xitoy tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ma Chjaoxu, Xitoyning Belarusdagi Favqulodda va muxtor elchisi Se Syaoyun, Belarusning Xitoydagi elchisi Yuriy Senko kutib olgan. 

Manbaga ko‘ra, Aleksandr Lukashenko va Xitoy rahbari Si Szinpin tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazadi. Savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va gumanitar hamkorlik, keng ko‘lamli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, siyosiy aloqalar, bugungi kunning eng keskin xalqaro muammolariga javob berish masalalariga e’tibor qaratiladi.

Ta’kidlash joizki, G‘arb OAVlarida ushbu tashrifga shubha bilan qaralmoqda. Xususan, Putinning asosiy ittifoqchisi bo‘lgan Lukashenko AQSHning Xitoy Rossiyaga yordam berish haqida o‘ylamoqda qabilidagi da’volari avj olayotgan paytda Pekinga kelgan. Xitoy bu ayblovlarni rad etgan bo‘lsada, Lukashenkoning tashrifi alohida signal deb qabul qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, Lukashenkoning Xitoyga davlat tashrifi 2 martgacha davom etadi. Shu davr mobaynida u Xitoyning eng yirik korporatsiyalari rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made