Lukashenko “katta og‘a”si bilan Belarus-Polsha chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi
Olam
−
16 noyabr 2021
6604Bugun, 16 noyabr kuni Belarus va Rossiya Prezidentlari Aleksandr Lukashenko va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilib, Belarus-Polsha chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda rus OAV yozmoqda.
“Birinchi navbatda, biz Belarus-Polsha chegarasidagi vaziyatni va Ittifoq davlati chegaralarini himoya qilish bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni muhokama qildik”, deyiladi BelTA davlat agentligi bergan bayonotda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainadagi vaziyat hamda Ukraina va AQSHning Rossiya Federatsiyasi chegaralari yaqinidagi rejadan tashqari o‘quv mashg‘ulotlari suhbatning yana bir mavzusiga aylangan.
“Rossiya Prezidenti Belarus Prezidentiga Qora dengizdagi vaziyat haqida ma’lumot berdi. Belarus Prezidenti esa Germaniya kansleri vazifasini bajaruvchi Angela Merkel bilan bo‘lgan telefon muloqoti haqida ma’lumot berdi”, deyiladi xabarda
Bundan tashqari, Lukashenko va Putin bo‘lajak aloqalar jadvalini ham muhokama qilgani qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, ayni kunlarda Belarus va uning g‘arbiy qo‘shnilari o‘rtasidagi chegara notinch. U yerda Yevropaga o‘tib ketmoqchi bo‘lgan minglab odamlar yig‘ilgan.
O‘z navbatida, Polsha va Litva tomondan harbiylar chegarani qo‘riqlamoqda. Ular chegaraga o‘rnatilgan to‘siqni buzmoqchi bo‘lgan muhojirlarga ko‘zdan yosh oqizuvchi gazlarni sepib himoyalanmoqda. Ikki o‘rtadagi qarama-qarshilik uzoq davom etmasligi, aniq. Chunki qish yaqinlashib, havolar ancha sovuqlashgan. Muhojirlarning so‘zlariga ko‘ra, ular vatanlariga qayta olmaydi.
LiveBarchasi