Lukashenko Erdo‘g‘anning yoniga bormoqchi
Olam
−
14 Oktabr 2022
4196Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Pokiston va Turkiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kecha, 13 oktyabr kuni uning matbuot kotibi Natalya Eysmont Lukashenkoning Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif va turkiyalik hamkasbi Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan muzokaralari yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.
“Rejalarni amalga oshirishda sekinlashuv kuzatildi, buni darhol anglab, Pokiston Bosh vaziri uchrashib, qisqacha gaplashishni taklif qildi. Va bugun biz yana kelishib oldik – biz tezlashtirishimiz kerak. Rejalashtirilgan barcha ishlar amalga oshadi va yaqin kelajakda Prezidentning Pokistonga tashrifi amalga oshirilgan ulkan ishlarning yakuniga aylanishi kerak”, deydi u.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Prezidenti bilan muzokaralar juda qizg‘in kechgan.
“Ularning muloqoti davomida kutilmaganda yaqin kelajakda uchrashish va suhbatni Anqarada davom ettirish taklifi paydo bo‘ldi”, dedi Eysmont.
Qayd etilishicha, uchrashuvni Anqarada o‘tkazish taklifi Lukashenkodan chiqqan.