Lukashenko hokimiyatni tark etish shartlarini ma’lum qildi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko hokimiyatni tark etish sharti sifatida mamlakatdagi ichki tartib barqarorligi, norozilik namoyishlarining tugashi va o‘z tarafdorlari uchun xavfsizlik kafolatini ko‘rsatdi. Lukashenko ushbu pozitsiyasini bugun, 11 fevral kuni mamlakat poytaxti Minskda bo‘lib o‘tgan Butunbelarus xalq yig‘ilishida ma’lum qilgan.

“Hokimiyatni tark etishimning asosiy sharti – mamlakatda tinchlik, tartib, norozilik harakatlarining yo‘qligi, mamlakatni ostin-ustun qilmaslik va qonun doirasida fikr bildirish. Bu – asosiy shart. Ikkinchi shart – hozirgi Prezident tarafdorlarining boshidan bir tola ham soch tushishi mumkin emas”, deydi Lukashenko.

Bundan tashqari, Lukashenko Butunbelarus xalq yig‘ilishi mamlakatda hokimiyat almashinuvi mo‘tadil amalga oshishini ta’minlovchi vosita bo‘lishi kerakligini aytdi. 

“Men Butunbelarus xalq yig‘ilishini konstitutsiyaviy organga aylantirishni taklif qildim, u vakolatlarga ega bo‘ladi. Shunda ushbu yig‘ilish yanada mas’uliyatli tarzda saylanadi... Ushbu institut o‘tish davrini barqarorlashtiruvchi omil bo‘lishi kerak”, degan Lukashenko.

Eslatib o‘tamiz, Lukashenko joriy yilning fevral oyi oxirida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi kutilyapti. Uchraushvda Lukashenko Rossiyadan katta miqdorda qaz olishni muhokama qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Belarus' Lukashenko hokimiyat

Baholaganlar

225

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing