Lukashenko ham saylov natijasi e’lon qilinmasdan Mirziyoyevni tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 25 oktyabr kuni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni navbatdagi saylovda g‘alaba qozongani bilan tabrikladi.

Lukashenko Mirziyoyevni tabriklab, unga oldiga qo‘ygan rejalarni amalga oshirishda omad tilagan.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilib, ularning yuqori darajasi va jadal rivojlanishini qayd etgan. Shu bilan birga, Belarus va O‘zbekistonning turli sohalardagi hamkorligini yanada chuqurlashtirish uchun yaxshi istiqbollari borligini qo‘shimcha qilingan.

Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham saylov natijalari rasman e’lon qilinmasdan Shavkat Mirziyoyevni tabriklagandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi hozircha saylov natijalarini e’lon qilmadi. MSK bugun, 25 oktyabr kuni soat 16:00 da Prezident saylovining dastlabki natijalarini e’lon qilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing