Lukaku faoliyatini Milanda davom ettirishi mumkin

Sport

image

Angliyaning “Chelsi” klubi hujumchisi Romelu Lukakuga “Milan” qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, milanliklar “Bolonya” hujumchisi Joshua Zirkze transferi bo‘yicha oldinga siljish bo‘lmagani uchun belgiyalik hujumchi bilan shartnoma imzolash variantga o‘tgan.

Qayd etilishicha, Lukakuning o‘zi Italiyada yana bir yil qolishdan manfaatdor. Katta ehtimol bilan “Milan” futbolchini faqat ijaraga olishi mumkin.

31 yoshli Lukaku o‘tgan mavsumni “Roma”da o‘tkazdi va u 47 o‘yinda 21 gol urdi va 4 golga assistentlik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Milan Romelu Lukaku

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made