“Luiza”ning intim xizmatiga pul to‘lagan erkak chuv tushdi

Jamiyat

image

Qashqadaryolik 20 yoshli qiz 40 yashar erkakka o‘z intim xizmatlarini taklif qilib, uni chuv tushirdi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Toshkent shahri Yangihayot tumanida yashovchi 40 yoshli B.R. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 600 ming so‘m noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.

Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi 20 yoshli (ayol) M.O‘. sodir etganligi aniqlangan. Unga ko‘ra, M.O‘. jabrlanuvchi B.R. bilan Telegram’da “Luiza” nomli profili orqali tanishib, unga intim xizmat ko‘rsatishi uchun oldindan 600 ming so‘m pulni o‘zining foydalanuvidagi boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasiga o‘tkazdirib olib, yozishmalarni o‘chirib yuborgan va akkauntini “qora ro‘yxat”“ga kiritib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. M.O‘.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlari uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Qashqadaryo Kiberxavfsizlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing