Lug‘atimizdagi yangi so‘z – antitana. U nima?

Salomatlik

image

Pandemiya davrida lug‘atimiz turli yangi so‘zlar bilan boyidi. Antitanalar so‘zi ham odamlar orasida ko‘p ishlatilmoqda. Antitanalar o‘zi nima? Ular takroran kasallanmaslik uchun kafolat bo‘la oladimi?

Olimlar COVID-19 bilan kasallangan bemorlar qonida infeksiyani to‘xtatish ilinjida paydo bo‘lgan 250 xildan ortiq antitanalarni aniqlashdi. Ulardan 28 tasi kasallik bilan nisbatan samarali kurashgan (ya’ni virusni yenggan). Xo‘sh, antitana o‘zi nima va u qanday ishlaydi?

Organizm har qanday infeksiyaga kalitni namuna va xato usuli orqali yig‘adi. Tasavvur qiling, har bir virus parchasi - tig‘li hanjar, sizning tanangiz esa ushbu hanjarlarga qin ishlab chiqaruvchi zavod. Zavoddagi har bir konveyer bir xil shakldagi g‘ilof ishlab chiqaradi.

Qinlardan birortasi hanjar shakliga mos kelishi va tig‘ yopilishi bilan zavodning barcha bo‘sh konveyerlari birdaniga aynan shu shakldagi g‘iloflar ishlab chiqara boshlaydi va ertami- kechmi barcha hanjarlar zararsizlantiriladi.

Bu holatdagi har bir konveyer qonning maxsus hujayrasidir (ular B-limfotsitlari deb ataladi), qinlar esa ushbu hujayra ishlab chiqaradigan oqsil molekulalari (antitana) hisoblanadi.

Molekulalardan biri “tig‘” – koronavirus yuzasida ko‘rinuvchi tikan shakliga mos kelishi bilan uning shaklini o‘zgartirib, ustiga “o‘tirib” oladi va virusning hujayraga singib ketishiga to‘sqinlik qiladi.

Virus hujayra tashqarisida ko‘paya olmaydi: o‘zining nusxasini shtamplash uchun unga hujayraning tarkibiy qismlari kerak. Shuning uchun virusli zarrachalar ortishi sekinlashadi.

Aynan shu vaqtda, organizm qaysidir antitana hujumni bartaraf etgani haqida belgi oladi va muqobil shakldagi molekulalarning ishlab chiqarilishini boshlab yuboradi. Barcha virusli zarrachalardagi tig‘lar yopilishi bilan inson sog‘ayadi.

Antitanachalar — takroran kasallanmaslik uchun kafolat bo‘la oladimi? Ushbu savolga virusolog Dildora Sekler shunday javob bergan edi:

“Bu yerda kafolat so‘zini qo‘llash unchalik maqsadga muvofiq emas. Hammasini oldindan bilishning imkoni yo‘q.

Antitanachalar mavjudligi har doim ham to‘liq himoyani ta’minlamaydi, chunki neytrallovchi antitanachalar, ularning himoya titri va immunitetning turg‘unligi kabi tushunchalar ham mavjud.

Bitta shtamm bilan takroran kasallanish holatlari haqida hozircha dunyoda, hech qayerda ma’lumot e’lon qilinmadi. Bu, o‘z navbatida, ushbu virusga qarshi immunitet ishlashidan dalolat beradi. Ammo antitanachalarning kasallanib tuzalgan kishini aniq himoya qilish qobiliyati, kollektiv immunitet rivojlanishi kabi hodisalar hozircha o‘rganish va ilmiy tasdiqlanish bosqichida.

Mavjud ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, yangi koronavirus (SARS CoV-2) tuzilishi bo‘yicha oldingi shtammga (SARS CoV) 85% o‘xshaydi. Bu — antitanachalar kishi kasallangan paytdan boshlab kamida 16 oygacha saqlanib turishi mumkinligi haqida taxmin qilishga asos bo‘ladi. Kasallikning yengil va alomatsiz shakllari bundan mustasno, ularda antitanachalarning saqlanish davomiyligini hali o‘rganishimiz kerak”.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Antitana

Baholaganlar

99

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing