“Lugano” Behruz Karimov transferini e’lon qildi
Sport
−
24 avgust 10726 1 daqiqa
Shveysariyaning “Lugano” klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Behruz Karimovni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Klub ma’lumotiga ko‘ra, Karimov “Lugano” bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. U yangi jamoasida 2-raqam ostida harakat qiladi.
Ma’lumot uchun, Karimov “Odil Junior” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2026 yilgi Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi o‘yinlarda maydonga tushgan.
Karimovning transferi “Lugano”ning o‘ng qanot himoyachisi Mattia Zanottining kelajagi borasidagi noaniqliklar fonida amalga oshmoqda. Italiyalik futbolchining boshqa klubga o‘tishi kutilmoqda.
Ayni paytda “Lugano” Shveysariya Superligasida uchinchi turdan keyin 9 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. “Yang Boyz” 1 ta uchrashuv ko‘p o‘tkazgan holda 10 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr