Lotin Amerikasi va Janubiy Osiyoda COVID-19 dan o‘lim holatlari ko‘paymoqda
Olam
−
08 Sentabr 2020
5555Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, lotin Amerikasi va janubiy Osiyoda koronavirus infeksiyasining yangi turi (COVID-19)ga chalingan bemorlar va o‘lim holatlari soni faol o‘sib bormoqda. Bu qatorda Hindiston, Braziliya, Meksika mamlakatlarini ko‘rish mumkin.
Hindiston
Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan sutkada 1 133 kishi COVID-19 tufayli vafot etgan. Qurbonlarning umumiy soni 72 775 ga yetdi.
Koronavirusga chalinganlar sonining kunlik o‘sishi 75 809 tani tashkil etib, 4 million 280 422 kishiga yetgan.
Mamlakatda 3 million 323 950 kishi koronavirusdan sog‘aygan
Braziliya
Braziliyada COVID-19 tufayli o‘tgan sutkada 310 nafar bemor vafot etdi. Ushbu kasallikdan vafot etganlarning umumiy soni 126 960 ga yetdi.
Braziliya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sutkada mamlakatda COVID-19 infeksiyasiga chalinganlar soni 10 273 taga ko‘payib, 4 million 147 794 nafarga yetgan.
Xavfli infeksiyadan xalos bo‘lganlar soni 3 million 355 564 kishini tashkil etdi.
Meksika
Meksika Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan sutkada 223 kishi koronavirus infeksiyasining yangi turi tufayli vafot etgan. Vafot etganlarning umumiy soni 67 781 kishini tashkil etmoqda.
COVID-19 bilan kasallanganlar esa 3 486 nafarga ko‘payib, 637 509 nafarni tashkil etmoqda.
Bugungacha ushbu kasallikdan 446 715 kishi sog‘aygan.
Ushbu mamlakatda joriy yilning 27 may kuni o‘limlar soni bo‘yicha kunlik rekord birinchi marta 500 dan oshdi.
LiveBarchasi