Londonning ikki jamoasi “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda
Sport
−
07 Oktabr 2025 2149 2 daqiqa
Londonning “Chelsi” va “Arsenal” jamoalari yanvar oyida “Barselona” himoyachisi Mark Kasadoni sotib olish uchun raqobatlashishi kutilmoqda. Kataloniya klubi 22 yoshli futbolchini 30–35 million yevro miqdoridagi takliflar kelib tushsa, sotishga tayyor. Bu haqda “Caughtoffside” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Chelsi” Kasadoni “aqlli sarmoya” sifatida ko‘rmoqda va bu transferni qishda yakunlashni rejalashtirgan. “Arsenal” ham futbolchiga qiziqish bildirgan va raqobatda qatnashmoqda.
“Barselona” moliyaviy Feyr-pley qoidalari doirasida qolish uchun balansni saqlashi lozim. Shu bois, klub ayrim futbolchilarni, jumladan, Kasadoni sotishga majbur bo‘lishi mumkin.
“Chelsi” yozgi transfer oynasida Fermin Lopes uchun taklif bergan, ammo “Barselona” bu taklifni rad etgan edi. O‘sha muzokaralarda Kasado nomi ham muhokama qilingan. Endi esa London klubi bu imkoniyatni yanvar oyning asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Kasado “Chelsi” safida Moyses Kaysedo va Enso Fernandes ortida muhim zaxira sifatida xizmat qilishi mumkin. “Arsenal” esa Kristian Nyorgor o‘rniga uzoq muddatli o‘yinchini izlayotgani aytilmoqda.
Kataloniya klubi uchun bu transfer moliyaviy barqarorlikni saqlash yo‘lida muhim hisoblanadi, “Chelsi” esa yosh va istiqbolli yarim himoyachi orqali tarkib chuqurligini oshirishni maqsad qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Kasado joriy mavsumda “Barselona” safida 7 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 1 ta assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.
Live
Barchasi