Londondagi stadionda inson jasadi topildi

Sport

image

Kecha, 18 avgust kuni Londondagi “Charlton Atletik” futbol klubi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Velli” stadionida erkak kishining jasadi topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Charlton Atletik” holat yuzasidan mahalliy politsiyaning tergov ishlarida hamkorlik qilmoqda”, deyiladi klub bayonotida.

BBC xabariga ko‘ra, politsiya 33 yoshli erkakning balandlikdan yiqilib tushgan bo‘lishi ehtimolini tekshirmoqda. Hodisaning barcha holatlari o‘rganilmoqda. Sud-tibbiy ekspertlar ma’lumotiga ko‘ra, o‘lim joriy yilning 17 avgust kuni ertalab sodir bo‘lgan. Stadion xodimlari jasadni bir kun o‘tib aniqlagan.

Klub hodisa bilan bog‘liq holda o‘z tomonidan hech qanday qoidabuzarlik sodir etilmaganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, “Charlton Atletik” Angliya chempionatining eng yuqori divizioni – Premer-ligadan keyingi pog‘ona bo‘lgan Chempionshipda ishtirok etadi. Jamoa mavsumning birinchi turida “Derbi Kaunti”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Endilikda “Charlton Atletik” ikkinchi turda joriy yilning 22 avgust kuni safarda “Vest Xem Yunayted”ga qarshi maydonga tushadi. Jamoaning keyingi uy uchrashuvi esa 29 avgust kuni “Preston Nort End”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing