Londondagi namoyishlar jiddiy tus olmoqda

Jamiyat

image

Kecha, 13 iyun kuni Buyuk Britaniya poytaxtida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlarida yuzdan ortiq kishi politsiya tomonidan hibsga olindi. Bu haqda Skotlend-Yard Matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Shu kuni 21:00 (Toshkent vaqti bilan 01:00) jamoat tartibini buzish, jumladan, zo‘ravonlik, politsiya xodimlariga hujum qilish, qurol ishlatish, giyohvand moddalarni saqlash kabi ayblovlarda 100 dan ortiq odam hibsga olindi", deyiladi bayonotda.

Kecha, 13 iyun kuni London markazida politsiya bilan to‘qnashuvlar o‘ng qanot tashkiloti faollari va futbol ishqibozlari tomonidan tashkil etildi. Ular Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchill haykaliga (1874-1965) zarar yetkazishdi. Namoyishchilar politsiyaga shishalar otgan, qo‘lbola portlovchi buyumlarni ularga irg‘itishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, namoyishlar hukumat binolari joylashgan shahar markazidagi Uaytxoll ko‘chasida, parlament maydonida, Trafalgar maydonida kuzatilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

London

Baholaganlar

288

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing