Londondagi ikki bekat Keyn va Bellingem sharafiga qayta nomlandi
Sport
−
15 iyul 1014 1 daqiqa
2026 yilgi Jahon chempionati davomida Londondagi ikkita jamoat transporti bekati Angliya terma jamoasi futbolchilari – hujumchi Harri Keyn va yarim himoyachi Jud Bellingem sharafiga vaqtincha qayta nomlandi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.
Janubiy Londondagi bekatlardan biriga “Bellingem” hamda “Jud Bellingem bekatiga xush kelibsiz” degan yozuvlar tushirilgan bannerlar o‘rnatildi.
Shuningdek, poytaxtdagi mashhur Kaneri-Uorf metro bekati ham Angliya terma jamoasi sardori Harri Keyn sharafiga so‘z o‘yini tariqasida “Keynari Uorf” deb nomlandi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi o‘z tarixida to‘rtinchi marta Jahon chempionatining yarim finaliga chiqdi. Tomas Tuxel shogirdlari yarim finalda Argentina terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Qayd etish joiz, Harri Keyn va Jud Bellingem 2026 yilgi Jahon chempionatida har biri 6 tadan gol urdi. Shu tariqa, Angliya terma jamoasining turnirda kiritgan 13 ta golining 12 tasiga aynan ushbu ikki futbolchi mualliflik qildi.
Live
Barchasi