Londondagi Big Ben soati to‘xtab qoldi

Olam

image

Bugun, 25 avgust kuni Buyuk Britaniyaning asosiy ramzlaridan biri – Londondagi Big Ben minorasiga o‘rnatilgan soat ishlamay qoldi. Bu haqda Britaniya Parlamentining Twitter'dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

“Texnik sabablarga ko‘ra soat to‘xtadi. Bugun siz minoradagi soat noto‘g‘ri vaqtni ko‘rsatayotganini payqagandirsiz. Soatning ba’zi asosiy komponentlarini o‘rnatish uchun ularning ishi to‘xtatilishi va qayta ishga tushirilishi kerak edi”, deyiladi xabarda.

Tez orada soat yana ishlay boshlashi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Vestminster saroyining 96 metr balandlikdagi soat minorasi 1856 yilda ingliz arxitektori Avgust Pugin tomonidan qurilgan. Minora qirolicha Viktoriya davrining yodgorligi bo‘lib, UNESCO'ning Jahon madaniy merosi ob’ektlari ro‘yxatiga kiritilgan. Og‘irligi 13,7 tonna bo‘lgan Big Ben qo‘ng‘irog‘i har soatda, qo‘shimcha qo‘ng‘iroqlar esa har 15 daqiqada bong uradi.

Qo‘ng‘iroq 157 yil davomida deyarli to‘xtamasdan ishlagan.

Shuningdek, minoradagi soat 2017 yildan 2021 yilgacha ta’mirlangan. Binoga lift o‘rnatilib, siferblatga svetodiodli osma o‘rnatilgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

203

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing