Londonda uch bosqichli qat’iy karantin joriy qilinadi

Olam

image

Londonda koronavirusga chalinganlar soni ko‘payishi sababli tez orada karantin choralari kuchaytirilishi mumkin. Bu haqda London meri Sodiq Xon aytgan.

"Poytaxt eng yuqori cho‘qqiga yaqinlashmoqda. Shaharning har bir qismida virus tarqalishi tezlashib boryapti. Shu sababli Londonda cheklovlar kuchaytirilishining ehtimoli katta", degan Xon. 

Sodiq Xon Hukumat tomonidan taklif qilingan uch bosqichli cheklovlar ko‘lami kelasi haftada joriy qilinishi mumkinligini aytgan. Shu bilan birga, u karantin ilgari taklif qilinganidek hududlararo emas, balki butun London bo‘ylab kuchaytirilishini ta’kidlagan.

"Bu ushbu virus tarqalishini oldini olishning eng samarali usuli", degan shahar meri. 

So‘nggi haftalarda Buyuk Britaniyada SOVID-19 bilan bog‘liq holatlar soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda. 

Hukumat pandemiyaning ikkinchi to‘lqini haqida e’lon qilgan. Ikkinchi to‘lqin paytida kasallik yuqtirish 17 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida kuzatilmoqda.

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniyada koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 578 mingdan oshgan. 42 mingdan ortiq kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan. 

Dunyoda kasalikka chalinganlar soni deyarli 37 millionni tashkil qilyapti. Vafot etganlar 1 milliondan oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

154

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing