Koronavirusning yangi turi bolalar uchun ko‘proq yuqumli bo‘lishi mumkin

Olam

image

Buyuk Britaniyada aniqlangan yangi koronavirus shtammi allaqachon ma’lum bo‘lgan virus variantidan ko‘ra bolalar o‘rtasida ko‘proq yuqumli bo‘lishi mumkin. Bu haqda Londonda joylashgan Imperial College professori Nil Fergyuson ma’lum qilgan. 

Ekspertning fikriga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning janubi-sharqiy qismidagi infeksiyaning tarqalishi haqidagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, virusning yangi shtammi boshqa shtammlarga qaraganda bolalar o‘rtasida infeksiyaning yuqori darajasini ko‘rsatadi.

"Biz 15 yoshgacha bo‘lgan odamlarda virusning yangi shtammi allaqachon ma’lum virus versiyasiga nisbatan sezilarli darajada yuqori ekanini besh-olti hafta davomida kuzatdik", degan Fergyuson.

Avvalroq, koronavirusning yangi turi sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lib, noyabr oyining o‘rtalarida faol tarqalishni boshlagani haqida xabar bergan edik. Ko‘rilayotgan choralar fonida London aholisi shahar tashqarisiga chiqib ketishga harakat qilib, temir yo‘l stansiyalarida to‘plangan. Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi aniqlanganidan so‘ng, 20 dan ortiq davlat ushbu mamlakat bilan transport aloqalarini to‘xtatdi. Yo‘lovchi tashishni taqiqlash qaysidir davlatda yil oxirigacha, qayerdadir yanvar oxirigacha amal qiladi. Buyuk Britaniyaning o‘zida karantin cheklovlari maksimal darajaga ko‘tarildi


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

364

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing