Londonda Shekspirning uyi topildi

Olam

image

London shahrida mashhur yozuvchi Uilyam Shekspirga tegishli bo‘lgan uy qayerda joylashgani aniqlandi, lekin  o‘sha uy bugungi kunga kelib saqlanib qolmagan. Bu haqda London Qirollik kolleji matbuot xizmati xabar berdi.

Tadqiqotchilar ma’lumotiga ko‘ra, Shekspir 1613 yilda, o‘limidan uch yil oldin Londonda yagona mulkini sotib olgan. Bu uy hozirgi London markazi atrofida, tinch ko‘chada joylashgan bo‘lgan.

Kembrij tadqiqotchisi Lyusi Manro eski arxiv hujjatlarini o‘rganish orqali uyning aniq joylashuvini aniqlagan. U 1668 yilda tuzilgan eski reja va boshqa tarixiy hujjatlarni topib, uy joylashgan hududni topgan. Bu hujjatlar Shekspir vafotidan keyin ham saqlanib qolgan ma’lumotlarga asoslangan.

Avval olimlar Shekspir 1613 yilda teatr yong‘inidan keyin Londondan ketib, Stratfordga qaytgan deb o‘ylashgan. Lekin yangi topilmalar u Londonda qolib, teatr hayotida faol bo‘lganini ko‘rsatmoqda.

Uy London hududida, eski dominikan monastiri yaqinida joylashgan bo‘lgan. Hozirgi kunda u yerda XIX asrda qurilgan binolar turibdi. Taxminiy manzil sifatida Sent-Endryus-Xill atrofidagi hudud ko‘rsatilmoqda.

Tadqiqotchilar hatto hozirgi ko‘chadagi ko‘k yodgorlik plita aynan Shekspir uyi turgan joyga o‘rnatilganini ham aniqlagan.

Olimlarning fikricha, bu kashfiyot Shekspir hayotining so‘nggi yillari haqida yangi tasavvur beradi va u Londonda o‘z ijodini davom ettirgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.


Maqola muallifi

Teglar

London uy Shekspir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing