Londonda plastmassadan oziq-ovqat qo‘shimchasi ishlab chiqildi
Bu qiziq
−
25 Sentabr 2023
4122Buyuk Britaniyaning London shahrida plastik chiqindilardan oziq-ovqatga qo‘shiluvchi element yaratildi. Bu haqda tajribaning maxsus sahifasida xabar berildi.
Dunyo bo‘ylab chiqindilar bilan bog‘liq muammo tobora ortib bormoqda. Britaniyalik olimlar ushbu masalani chiqindidan oziq-ovqat elementini olish orqali hal qilmoqchi. Bu, shuningdek, sayyoradagi yana bir oziq-ovqat yetishmovchiligi muammosi uchun ham yechim bo‘lishi mumkin. Bunda odam organizmi chiqindidan xalos bo‘lish uchun mashina vazifasini o‘taydi. Bu biroz qo‘pol eshitilsada, kelajakdagi axlat muammosi oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa ehtimoliy muammolarning ham oldini oladi.
Bildirilishicha, vanilning ta’mi va hidiga ega bo‘lgan ushbu ingrediyent “Guilty Flavours” deb nomlandi va ilk bora muzqaymoqqa qo‘shildi. Bunda biokimyoviy jarayonlar odamlarga plastmassani xavfsiz hazm qilish imkonini beradi va uni butunlay tanani tark eta oladigan molekulalarga aylantiradi.
Biotexnologik vanilin qo‘shilgan muzqaymoqning birinchi namunasi allaqachon taqdim etilgan. Ammo uni hali tatib ko‘rishga ruxsat berilmadi. Chunki u hali tana uchun xavfsizlik sinovlaridan o‘tkazilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Amerika Qo‘shma Shtatlarida birinchi su’niy tovuq go‘shti yetishtirildi.
LiveBarchasi